Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiya va Oʻzbekiston 2026—2030 yillarga moʻljallangan harbiy sohada strategik hamkorlik dasturini imzoladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 21 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. U tashrif davomida oʻzbekistonlik hamkasbi Shuhrat Xolmuhamedov bilan 2025 yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi va 2026—2030 yillarga moʻljallangan harbiy sohada strategik hamkorlik dasturini imzoladi.
2025 yilgi hamkorlik rejasi ikki mamlakat harbiy idoralari faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha 50 ta qoʻshma tadbirni oʻz ichiga oladi.
Belousov tashrif davomida Shuhrat Xolmuhamedov bilan “Gʻalaba bogʻi”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qoʻygan.
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Sergey Shoygu 12 may kuni mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilib, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Oʻsha kuni Putin mudofaa vaziri lavozimiga iqtisodchi Andrey Belousov nomzodini taklif qildi.
Belousov soʻnggi 12 yil davomida iqtisodiyot vaziri, prezident yordamchisi va bosh vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. U 1959 yil 17 martda tugʻilgan, 1981 yilda Moskva davlat universitetining iqtisod fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar