Toshkent shahrida Ozarbayjon fuqarolaridan noqonuniy tarzda pul talab qilgan Rossiya va Ozarbayjon fuqarolari ushlandi. Bu haqda IIV Tezkor qidiruv departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 1983 yili Ozarbayjonda tugʻilgan shaxs akasi bilan birga Bektemir tumanida joylashgan bozorda tsitrus mevalarning savdosi bilan shugʻullanib kelgan.
Ushbu shaxs 10 yanvar kuni, IIV Tezkor qidiruv departamentiga ariza bilan murojaat qildi. Unda oʻzining tanishi boʻlgan Rossiya fuqarosi bilan 2024 yilning noyabr oylarida vaqtincha yashash uyida mehmondorchilik qilayotgan vaqtida ular orasida tushunmovchilik kelib chiqqanligini ma'lum qilgan.
Shundan soʻng jinoiy guruh vakili 15 dekabr kuni oʻzining jinoiy sherigi, 1974 yilda Ozarbayjonda tugʻilgan, muqaddam bir necha marta sudlangan shaxsni Toshkentga chaqirtirgan.
Uning yordamida jabrlanuvchiga tazyiq oʻtkazib, sha'niga aytilgan gaplar uchun javob berishi lozimligini va tovlamachilik yoʻli bilan 5 ming dollar talab qilgan. Shundan 1,5 ming dollarni 15 dekabr kuni olib ketgan boʻlsa ham yana 3,5 ming dollarni talab qilib kelgan.
10 yanvar kuni Mirobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, gumonlanuvchilar tovlamachilik yoʻli bilan talab qilib kelayotgan, 3,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qism “v” bandi (tovlamachilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Uch nafar shaxs Jinoyat protsessual kodeksning 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar