date
views 130

1 fevraldan «Tashabbusli byudjet»ning 1-mavsumiga ovoz berish boshlanadi

1 fevraldan «Tashabbusli byudjet»ning 1-mavsumiga ovoz berish boshlanadi
«Tashabbusli byudjet» jarayonlarining 2025 yilgi 1-mavsumi 1 fevraldan boshlanib, 20 martga qadar davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda:
  • Loyiha kiritish bosqichi — 1–20 fevral;
  • Saralash bosqichi — 21 fevral–7 mart;
  • Targʻibot bosqichi — 8–10 mart;
  • Ovoz berish bosqichi — 11–20 mart kunlari oʻtkaziladi.

Joriy yildagi 1-mavsum gʻoliblari 21 mart — Navroʻz bayrami kuni e'lon qilinadi.

Avvalroq Senat Kengashining qarori bilan, «Tashabbusli byudjet» jarayonini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandi. Qarorga koʻra, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun etarli mablagʻ ajratilishi belgilangan. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Eslatib oʻtamiz, «Tashabbusli byudjet»ning 2024 yilgi 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni 13 mart kuni soat 00:00 dan boshlanib, 1 aprel kuni soat 23:59 gacha davom etgan. Oʻtgan yili loyihalar uchun 3,02 trln soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 fevraldan «Tashabbusli byudjet»ning 1-mavsumiga ovoz berish boshlanadi