Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yongʻin sodir boʻldi

Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yongʻin sodir boʻldi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchtepa tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida birlamchi ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni soat 21:33 da Uchtepa tumani Taqachi MFY Taqachi koʻchasida joylashgan (18-sonli avtobus saroyi yaqinida) tikuvchilik korxonasining omborida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yongʻin sodir boʻldi
Foto: Videodan kadr
Yongʻin qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 21:40 da etib borgan va yongʻin soat 22:03 da qurshab olingan, ayni vaqtda yongʻinni oʻchirish ishlari bajarilmoqda.

«Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi», — deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda mas'ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar