
24 yanvar kuni «Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi prezident qarori [PQ-22-son] qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram kanali xabar qildi.
Qarorga koʻra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma'lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
2025/2026 oʻquv yilidan:
- Universitet talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
- universitet professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini etakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;
- yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
2026 yil 1 yanvardan universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar