24
Ekologiya vazirligi: IQAir havo sifatini nazorat qilish platformasiga har doim ham ishonib boʻlmaydi
Foto: Depositphotos
Mutaxassislar IQAir platformasi ma'lumotlari har doim ham aniq boʻlmasligini ta'kidlab, nega umume'tirof etilgan havo sifati indeksiga toʻliq ishonish mumkin emasligi sabablarini tushuntirdi.
Dunyodagi eng yirik bepul havo sifati monitoringi platformasi IQAir koʻrsatkichlari aniqmi, degan savol Oʻzbekiston Ekologik partiyasi munozaralar klubida muhokama qilindi.
Muhokama davomida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi mutaxassisi Bahrom Esanov IQAir ma'lumotlariga doim ham ishonish mumkin emasligini aytdi. Rasmiyga koʻra, buning sababi, istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs oʻzi oʻrnatgan sensorlarni platformaga kiritish imkoniyatiga ega ekanligidir.
Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, Toshkentda platformaga ulangan sensorlar ikki sanoat korxonasi oʻrtasida oʻrnatilgan holatlar ham kuzatilgan. Bunday joylashuv faqat oʻsha hududdagi havo sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatibgina qolmay, butun shahar boʻyicha koʻrsatkichlarning yomonlashuviga olib kelgan.
Shuningdek, Oʻzbekistondagi atmosfera havosi sifatini nima uchun Yaponiya va Evropa mamlakatlari koʻrsatkichlari bilan taqqoslab boʻlmasligi ham tushuntirib berildi. Ekologlarning ta'kidlashicha, u erlarda havo namligi yuqori boʻlgani sababli changlanish darajasi juda past. Dunyoning qurgʻoqchil mintaqalarida esa havodagi PM2,5 zarrachalarining yuqori miqdori undagi tabiiy chang mavjudligi bilan bogʻliqligi aytildi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Toshkentda havo ifloslanishi rekord darajaga etgandan soʻng, poytaxt aholisi ijtimoiy tarmoqlarda “Bizga toza havo kerak” nomli chellenj boshlagan va hukumatdan ekologik vaziyatni yaxshilash choralarini koʻrishni talab qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar