«Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib oʻtish jarayonlarini yanada soddalashtirish toʻgʻrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, «Elektron navbat» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Bunda xizmatdan foydalanish uchun Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonasida navbat olish mumkin.
Avtotransport vositasi navbatlarni boshqarish tizimida belgilangan vaqtda etib kelmaganda, olingan elektron navbat oʻz kuchini yoʻqotadi.
Shuningdek, qarorga koʻra, «Jismoniy shaxslarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanishida «Fast-track» xizmatidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra, xizmatdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxsning vakili Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti yoki elektron toʻlov tizimlari orqali harakatlanishdan oldin elektron yoki oʻtkazish punktiga harakatlanish chogʻida ogʻzaki ravishda murojaat qiladi.
Xizmatdan foydalanadigan shaxslar hamda ularning qoʻl yuki va bagajlari nazorati ushbu xizmat uchun ajratilgan alohida joylarda davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oshiriladi, mazkur xizmatdan foydalanayotgan jismoniy shaxslar navbati bundan mustasno.
Xizmatdan foydalanganlik uchun toʻlov 18 yoshga toʻlgan har bir jismoniy shaxs uchun navbat olinadigan kundagi BHM 15 foizi miqdorida toʻlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar