![Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortdi](/uploads/posts/2025-02/5677a104a6_1537428936_1_7crgevwl1oiuzo7aqjyjdw-1600x900.webp)
Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2025 yilning yanvar oyidagi yigʻilishlarida 44 ta masala koʻrib chiqildi, deb xabar beradi regulyator matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yigʻilishda roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 36 ta masala koʻrilgan. Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 8 ta masala – Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudentsial me'yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va toʻlov tashkilotlarida oʻtkazilgan oʻrganish hamda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonun talablariga rioya qilinishi ham muhokama qilingan.
Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning koʻrsatmalari va qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun 1 ta toʻlov tizimi operatori chora va sanktsiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va inspektsiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 10 ta bankka nisbatan jarima sanktsiyasi qoʻllanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar