20:50 / 13.02.2025
117

Oʻzbekiston aholisining qancha qismi toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi?

Oʻzbekiston aholisining qancha qismi toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi?
Oʻzbekiston aholisining 44 foizi jismoniy faol emas, 36 foizi toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtgan yigʻilishda ma'lum qilindi.

“Oʻtkazilgan oʻrganishlarga koʻra, aholining 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan”, — deb yozadi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻzining Telegram-kanalida.

Aytilishicha, aholi oʻrtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar iste'moli keskin kamayib, tuz va shakar iste'moli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi.

“Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bogʻliq muammo bor. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar erta oʻlimga sabab boʻlmoqda. Shu bois, “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” umummilliy harakati boshlanadi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Mutasaddilarga sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik targʻiboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bu yoʻnalishda xalqchil va ta'sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi ta'kidlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat