23:08 / 06.11.2016
9 179

Shavkat Mirziyoyevga shikoyat qilgan tadbirkor «O‘zbekiston» telekanali efiriga taklif etildi

Shavkat Mirziyoyevga shikoyat qilgan tadbirkor «O‘zbekiston» telekanali efiriga taklif etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi tadbirkor Olim Sulaymonovning Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga shikoyat tarzida e’lon qilgan videomurojaati paydo bo‘lgan edi. Unda Yunusobod tumani soliq idorasi xodimlari undan noqonuniy tarzda pul undirishga uringani tilga olinadi, deb yozadi «Mulohaza.uz».

«Dilshod degan bola qo‘rqituv yo‘li bilan hisobida pul bor tadbirkorlarni talab kelmoqda», — deydi tadbirkor.

Murojaatida u, shuningdek, telekanaldagi bahslarda ishtirok etib, hamma gaplarini isbot qilib berishini ta’kidlaydi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, «O‘zbekiston» telekanalining «Tadbirkorlar teleklubi» ko‘rsatuvi Sulaymonovni studiyaga taklif qildi. Ko‘rsatuvda qatnashgan Olim Sulaymonov o‘z boshidan o‘tkazgan ishlarni gapirib berdi. Ko‘rsatuvda qatnashgan prokuratura xodimi uning ishi ko‘rib chiqilishini va qonunbuzarlarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevga shikoyat qilgan tadbirkor «O‘zbekiston» telekanali efiriga taklif etildi