13:11 / 19.02.2025
243

Qarzdorning 3 dona kombayni xatlandi, tez kunda auktsion savdolarida koʻrinib qolishi mumkin

Qarzdorning 3 dona kombayni xatlandi, tez kunda auktsion savdolarida koʻrinib qolishi mumkin
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlarini davlat tomonidan ishonch bildirilib, izchil qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda. Biroq ayrim tadbirkorlar bildirilgan ishonchni suiiste'mol qilib kelmoqda.

Sud qaroriga asosan "D.I." MChJdan "Uzcasemash" MChJ foydasiga 5,7 mlrd. soʻm qarz undirish boʻyicha ijro varaqalari Byuroning Sharof Rashidov boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, barcha mol-mulklariga taqiq oʻrnatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli "Case 4088" rusumli 3 dona kombayni xatlandi.

Qarzdorlik toʻliq bartaraf qilinmagan taqdirda, ushbu mulk auktsion savdolarida sotilib, tushgan pullar qarzdorlikka yoʻnaltiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat