21:17 / 19.02.2025
1 079

Saudiyalik vazir Shavkat Mirziyoyevga bebaho sovgʻa topshirdi

Saudiyalik vazir Shavkat Mirziyoyevga bebaho sovgʻa topshirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini etkazdi. Vazir, shuningdek, Podshohning koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka'ba yopinchigʻi kisvaning bir parchasini topshirdi.

Oʻzbekiston etakchisi, oʻz navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratchilarimizning musulmon dunyosi markazlari - Makka va Madinada boʻlishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Birgina oʻtgan yilning oʻzida 800 mingdan ziyod fuqarolarimiz Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etdi.

Suhbat chogʻida oʻzbekistonlik ziyoratchilarga shart-sharoitlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ularning Saudiya Arabistoniga tashrifi xavfsiz va qulay boʻlishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat