
Senat «Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonunni ma'qulladi.
Qonun bilan, bunday qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, agar shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qoʻllashni nazarda tutuvchi me'yor kiritilmoqda.
Bunda davlat ekologik nazorati inspektsiyasi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlashga hamda javobgarlikka tortishga mas'ul boʻladi.
Ma'lumotlariga koʻra, 500 kv.m. ochiq qurilish maydonidan yiliga oʻrtacha 50 tonna chang va qum zarralari havoga koʻtariladi.
Qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish boʻyicha majburiy talablar (changni bostirish uchun osma yomgʻirlatgich va suv purkagichlardan foydalanish) shaharsozlik qoidalariga kiritilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar