
Kasbiy ta'lim tashkilotlari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili oʻqituvchilari uchun bir martalik subsidiya ajratiladi. Ushbu ragʻbatlantirish chorasi xorijiy tillarni oʻrgatish sifatini oshirish hamda pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilmoqda.

Reyting qanday tuziladi?
Oʻqituvchilar reytingi ularning bitiruvchilari xalqaro til sertifikatlarini qoʻlga kiritgan holatiga qarab aniqlanadi. Xususan, ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan oʻquvchilar soniga qarab, eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 50 nafar oʻqituvchi har biri 50 million soʻmdan subsidiya oladi.
Qanday qatnashish mumkin?
Chet tili oʻqituvchilari oʻz arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 2025 yil 25 fevralga qadar topshirishlari lozim. Roʻyxatdan oʻtish va zarur hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus HAVOLA orqali murojaat qilish mumkin.
Tashabbus nimani koʻzlaydi?
Mazkur reyting Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi PQ-367-sonli qarori asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, kasbiy ta'lim muassasalari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida chet tillarini oʻqitish sifatini xalqaro standartlar asosida oshirishni maqsad qilgan. Migratsiya agentligining +99871-202-33-55 (ichki raqam 32) raqamlari orqali qoʻshimcha ma'lumot olish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar