
Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 22 fevral kuni Toshkentga kelgan Afgʻoniston bosh vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul Gʻani Barodar bilan muzokara oʻtkazdi.
Oʻzbekiston hukumati rahbarining matbuot xizmatiga koʻra, uchrashuvda oʻzaro aloqalar doʻstlik, hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik tamoyillariga asoslangani, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston bilan barcha sohalarda konstruktiv va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotgani ta'kidlangan.
“Oxirgi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Oʻtgan yili “Termiz xalqaro savdo markazi” ochilgani ikki tomonlama savdoni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Uchrashuvda oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi”, – deyiladi rasmiy relizda.
Afgʻoniston delegatsiyasining tashrifi 23 fevral kuni ham davom etadi. Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator ishlab chiqarish obektlari faoliyati bilan tanishish ham oʻrin olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar