23:23 / 24.02.2025
404

Xorazmda ota oʻz oʻgʻli, kelini va nabirasini otdi

Xorazmda ota oʻz oʻgʻli, kelini va nabirasini otdi
Xorazm viloyati, Yangiariq tumanining Yangiariq mahallasida shov-shuvli qotillik jinoyati sodir etildi, deb xabar berdi OʻzA.

Qayd qilinishicha, 19 fevral kuni Yangiariq tumanining Yangiariq mahallasida istiqomat qiluvchi, 1954 yilda tugʻilgan erkak oilaviy kelishmovchilik sababli, 1974 yilda tugʻilgan oʻgʻlini uyida saqlab kelayotgan ov miltigʻi bilan qasddan otib oʻldirgan. Shuningdek, kelini va nevarasiga ham oʻq uzib, ogʻir jarohat etkazgan.

Jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan qisqa muddatda fosh etilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Mahallamiz uchun juda yomon holat boʻldi bu hodisa. Bu mudhish voqeaning asl sababchisi ichkilikdir. Spirtli ichimlikni me'yoridan ortiq iste'mol qilgan ota oila a'zolari bilan kelisholmay qolgan. Oʻrtada janjal chiqib, mudhish qotillik jinoyati sodir boʻlgan. Uch yildan buyon mahallamizda bironta jinoyat sodir etilmagan edi», dedi mahalla raisi Otabek Nazariy.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat