12:23 / 27.02.2025
142

Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”

Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tushib, savdo ko‘rsatkichi oshganini mo‘jiza deb atadi. Bu fikrni 26 fevral kuni O‘zbekiston—Pokiston sammiti yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Agar adashmayotgan bo‘lsam, 2016 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 42 foiz bo‘lgan, savdo ko‘rsatkichi ham past edi. Bugun kambag‘allik darajasi 8 foizga tushdi, investitsiyalar hajmi esa 30 milliardga yetdi. Shuning o‘zi katta mo‘jiza emasmi?!”, — dedi bosh vazir.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruviga kelgandan so‘ng mamlakatni qaytadan transformatsiya qilgani haqida gapirdi.

“Siz davlat boshqaruviga kelgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildingiz. Siz jamiyatni qayta tikladingiz”, — dedi Pokiston bosh vaziri.

Shahboz Sharifning ta’kidlashicha, bunday natijalarga balandparvoz gaplar orqali erishilmaydi yoki yaxshi bir kengashni tashkil etish bilan hal bo‘lib qolmaydi.

“Mo‘jizalar aniq qarashlar, yuqori dinamika, tinimsiz mehnat va yakdil maqsad sari dadil intilish orqali paydo bo‘ladi. Men mana shunday ulug‘ sifatlarni sizda ko‘rdim”, — deydi u.

O‘zbekiston prezidenti uchrashuvlar samarali bo‘lganini alohida qayd etib, ushbu tarixiy tashrif O‘zbekiston—Pokiston strategik sherikligida yangi sahifa ochishini ta’kidladi. So‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini yuksak baholadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat