
Toshkent viloyati Chinoz tumanida uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Aytilishicha, holat 14 fevral kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida sodir bo‘lgan. Uka o‘z opasini o‘ldirgani haqida do‘stlariga telefon qilib aytgan. Do‘stlari hazillashyapti, deb o‘ylab, uning uyiga kelgan. Biroq rostdan u opasini o‘ldirib qo‘ygan bo‘lgan. Shundan so‘ng ular IIB xodimlariga xabar bergan.
Marhuma 1995 yilda, ukasi esa 1999 yilda tug‘ilgan. Uning qo‘shnilari murda bir hafta uyning balkonida saqlanganini aytgan. Yigit opasini pichoqlab o‘ldirgach, murdani gilamga o‘rab qo‘ygan.
Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, yigit ham, ularning onasi ham yaxshi xulqli bo‘lgan. Marhuma ayol 2 farzandi bilan ajrashib, qizlik uyida onasi va ukasi bilan yashagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar