
Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 28 fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
- Tepa masjidi - Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Bektemir tumani bo‘yicha:
- Alibek masjidi - M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Islom ota masjidi - Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.
- Ali ibn Abu Tolib masjidi - Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Mirobod tumani bo‘yicha:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi - Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
- Qo‘yliq ota masjidi - THAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Sergeli tumani bo‘yicha:
- Ma’ruf ota masjidi - Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi - Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan- S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
- Usmon bin Maz’um masjidi - KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasigacha harakat cheklanadi.
- Yakkasaroy masjidi - Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ibo‘ston chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
- Rakat masjidi - J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumani bo‘yicha:
- Niyozmat ota masjidi - THAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi - Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
- Kamolon masjidi - Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Olmazor tumani bo‘yicha:
- Hazrati imom masjidi - Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
- Islomobod masjidi - KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi - Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
- Mirza Yusuf masjidi - Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
- Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi - Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
- Hazrati Ali masjidi - Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshariy ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
- Novza masjidi - Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi - Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi - Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar