
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi insultga uchragan o‘zbekistonlik ziyoratchining vataniga qaytishiga yordam berdi, deb xabar berdi "Nova24" nashri.
Ma'lumotlarga ko‘ra, erkak Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga borgan, biroq Makkada insultga uchragan va shifoxonaga yotqizilgan.
Uning murojaatidan so‘ng, o‘zbekistonlik diplomatlar barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatishdi. 27-fevral kuni u O‘zbekistonga qaytib, Toshkentda davolanishni davom ettirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 