14:15 / 04.03.2025
81

Bir guruh xotin-qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi

Bir guruh xotin-qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan 28 nafar xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilingan "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori bilan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining bir guruh iqtidorli qizlarni mukofotlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Mukofot qizlarga a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun berilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin”, — deyiladi hujjat matnida.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar:
1. Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniringi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
2. Ibragimova Shaxzoda Alisher qizi - Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
3. Sotvoldiyeva Moxinur Xazratullo qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Andijon viloyati)
4. Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi - Andijon davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi
5. Ruxillayeva Nilufar Shukrullo qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)
6. Bahronova Dilshoda Tohirovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining tibbiyot fakulteti 6-bosqich talabasi
7. Ortiqova E’zoza Nodir qizi - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiyot va menejment mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati)
8. Abdurazoqova Mehribon Jaloliddin qizi - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi
9. Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi - Guliston davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
10. Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi - Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining qishloq xo‘jaligi fakulteti 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
11. Yo‘ldosheva Ummatoy To‘lqinovna - "Yangi O‘zbekiston" universitetining sanoat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)
12. Abdullayeva Saida Ravshan qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)
13. Olimjonova Aqidaxon Anvarjon qizi - Namangan viloyati Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 11-sinf o‘quvchisi
14. To‘ychiyeva Dilafruz Nu’monjon qizi - Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
15. Anorova Gulhayo Zokir qizi - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi "Vatanparvar" mahalla fuqarolar yig‘ini kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi
16. Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi
17. Abdusalamova Zanjiloy Farxod qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
18. G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi - Guliston davlat universitetining ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati)
19. Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi - Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)
20. Zaripova Rushana Robertovna - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
21. Anvarova Naima Anvar qizi - Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
22. Uralova Oysha Abduraim qizi - Toshkent viloyati Angren shahridagi "Yangiobod kelajak sari" oilaviy korxonasi rahbari
23. Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali dasturiy injiniring kafedrasi assistenti
24. Saynazarova Layloxon Odiljon qizi - Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar madaniyat bo‘limi to‘garak rahbari
25. Kamalova Shaxzoda Kaxramon qizi - Xorazm viloyati Urganch shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi
26. Sobirova Layloxon Arslonbek qizi - Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Xorazm viloyati)
27. Sodiqova Nasiba Majitovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining teatr san’ati fakulteti 3-bosqich talabasi (Toshkent shahri)
28. Babeshko Alina Aleksandrovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi o‘qituvchisi (Toshkent shahri).
Mukofot bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat