10:49 / 12.03.2025
96

Qibrayda psixofaol dorilarni yashirincha tarqatayotgan «zakladchik»lar ushlandi

Qibrayda psixofaol dorilarni yashirincha tarqatayotgan «zakladchik»lar ushlandi
«Xavfsiz hudud» tezkor profilaktik tadbiri doirasida Qibray tumani Ahillik mahallasi hududida Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud patrul-post xizmati xodimlari tomonidan «zakladchik»lar bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Xodimlar xizmat vaqtida shubhali harakat qilgan 22 yoshlar atrofidagi ikki nafar shaxslarni kuzatganlar. Kuzatuv davomida xodimlardan qochishga uringan 2003 yilda tug‘ilgan shaxs (M.A. va J.M.)lar ushlanib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada ularning yonidan 520 dona qadoqlangan holatdagi kuchli ta’sir qiluvchi, psixofaol dori vositalari borligi aniqlanib, IIB tezkor xodimi ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar mazkur vositalarni hududning xufiyona joylarida «zakladka» ko‘rinishida yashirish maqsadida olib kelganlar.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat