20:22 / 12.03.2025
28

Toshkent shahrida Lacetti avtomashinasi daraxtga borib urildi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida Lacetti avtomashinasi daraxtga borib urildi
Qayd etilishicha, 12 mart kuni soat 10:45 larda Chilonzor tumani 2-Qatortol ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxt bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan, haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Telegram'dagi «Tashkent land» kanali Lacetti yuqori tezlikda daraxtga borib urilganini yozmoqda. Zarb kuchli bo‘lganidan mashinaning dvigateli yo‘lga uchib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fevral oxirlarida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus daraxtga borib urilgan edi. Bunga jamoat transport vositasining yurish qismidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat