
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasi o‘tin tashimoqda” sarlavhasida videolavha tarqaldi. Respublika tez tibbiy yordam markazi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, shu yilning 13 mart kuni Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasida haydovchi G‘.A. o‘z boshimchalik bilan daraxt ko‘chatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlandi.
Poliklinikada ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu holat bo‘yicha Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda haydovchi G‘.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M.ga o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, avtomashinalardan unumli va samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazib, tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar