18:12 / 17.03.2025
166

Zominda qarzdorlarning transformatorlari xatlandi

Zominda qarzdorlarning transformatorlari xatlandi
Ma’lumki, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan energiya uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanib kelinmoqda, to‘lov intizomi tubdan o‘zgargan. Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmasdan, iste’mol qilgan energiyasining pullarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlar ham uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi ish yurituvidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga qarzdor 12 ta tadbirkor va fermer xo‘jaliklariga tegishli transformatorlar qarzdorliklar evaziga xatlandi.

Kelgusida ushbu mulklar auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.

Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat