
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 21 martdan boshlanishini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 2025 yil 21 mart kunidan boshlanadi.
Ta’til 27 mart kuniga (7 kalendar kun) qadar davom etadi.
IV o‘quv chorak darslari 2025 yil 28 mart kunidan boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar