
Kecha, 17 mart kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani «Ye» mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning biri yo‘lagida taxminan 12-13 yoshli qizning hushsiz holatda yotgani aniqlangan.
Shu uyda yashovchi qo‘shnilar uning shaxsiga aniqlik kiritishga harakat qilgan, biroq uning yonidan «M» nomiga yozilgan sertifikatdan boshqa narsa topilmagan.
«Boshida iroqi do‘ppisi bo‘lgan qiz yo‘lakka yaqinlashdi va eshikni taqillatmoqchi bo‘lganday harakat qildi, lekin ulgurmay hushidan ketdi», – deydi guvohlardan biri.
Qo‘shnilar darhol «Tez yordam» chaqirishgan va qizcha shifoxonaga keltirilgan.
Toshkent shahar IIBB rasmiysi bergan ma’lumotga ko‘ra, Chilonzor tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. shu yilning 17 mart kuni ertalab soat 07.30 larda uyidan chiqib ketgan. Yonidagi telefoni quvvati tugaganligi sababli o‘chirilgan. Ko‘p qavatli uyning kirish joyi yaqinida epileptik tutqanog‘i tutgan.

G‘amxo‘r qo‘shnilar chaqirgan «Tez yordam» tufayli unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatildi.
«Qiz hozirda shifoxonada shifokorlar nazoratida. Oilasi xabardor qilingan, ahvoli yaxshi», – deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar