
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan nomulkiy tusdagi hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Bunda asosiy e’tibor taraflarga sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida ta’minlash, ularning bu borada huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan. Lekin ayrim hollarda, qarzdorlar majburiyatlarga ma’suliyatsiz bilan yondashayotgani tufayli oxir- oqibat ish majburiy ijro harakatlariga bormoqda.
Xususan, Byuroning Chust tuman bo‘limi tomonidan ham uyga kiritish bilan bog‘liq hujjat ijrosi ta’minlandi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 06.01.2025 yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra da’vogor M. S. ning 3 nafar farzandi bilan tumanidagi Qoraqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyning 2 ta xonasi va boshqa yordamchi binolardan foydalanish huquqi bilan kiritib qo‘yish belgilangan.
Lekin, qarzdor ijro muddatida majburiyatni bajarmagani uchun ijro harakatlari olib borildi. Davlat ijrochisi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida olib borilgan majburiy ijro harakatlaridan so‘ng kelin farzandlari bilan uyga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi.
Shu bilan amalda ijro hujjati tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar