
O‘zbekistonning mashhur xonandasi Munisa Rizaeva o‘zining yaqinda sotib olgan $1,500,000lik hovlisida bloger Jahongirni mehmon qildi. Jurnalist uning uyini aylanish davomida qiziqarli savollar bilan muhokamaga tortishga harakat qildi.
Munisa yangi uyiga ko‘chib kelganini va hali barcha jihozlar to‘liq o‘rnatilmaganini ta’kidlab, Jahongir bilan hazillashdi: "Siz darrov chopib keldingiz, Siz yomonsiz!"
Bloger esa bunga javoban "Uch yil oldin, erga tegib farzandli bo‘lsangiz mehmonga kelamiz deb kelishgan edik. Va’daga vafo qildik!" dedi. Munisa buni tasdiqlab, "15 yil ichida uch marta intervyu bergan bo‘lsam, ikkitasi sizga tegishli" deya kuldi.
Suhbat davomida xonanda hovlining loyihasi, ichki dizayni va shaxsiy hayoti haqida gapirdi. Hovli oldida turgan qimmatbaho mashinalar ham diqqat markazida bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar