10:00 / 24.03.2025
534

Toshkentga Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi keldi

Toshkentga Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi keldi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 22 mart kuni Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi — “Jibek Joly” (Ipak Yo‘li) Toshkent markaziy vokzaliga yetib keldi.

Poyezdda kelgan 400 nafardan ortiq sayyohlar O‘zbekistonning boy madaniyati, urf-odatlari va tarixiy merosi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Jibek Joly” poyezdi sayohatchilarga tarixiy shaharlarga bemalol tashrif buyurish, tabiiy go‘zalliklardan bahramand bo‘lish va madaniy meros bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

“Jibek Joly” sayyohlik poyezdi o‘zining ilk qatnovini o‘tgan yilning noyabr oyida amalga oshirgan. Loyihaning asosiy maqsadi turizmni rivojlantirish, mintaqalararo madaniy aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Shuningdek, xalqaro turizm yo‘nalishlarida qulay va xavfsiz transport tizimini yaratish ham muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat