18:53 / 27.03.2025
124

Yuzaga kelgan 166 mln so‘mlik qarzdorligini zudlik bilan bartaraf etdi

Yuzaga kelgan 166 mln so‘mlik qarzdorligini zudlik bilan bartaraf etdi
Qo‘shtepa tumanida fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Do‘stbek, o‘z faoliyati davomida soliq va yuridik shaxslarga yuzlab million so‘m qarzdorlikka yuz tutadi. Ushbu qarzlarni to‘lashdagi kechikish, fermerning iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, mol-mulkka taqiq qo‘yilishiga olib keldi.

Byuroning Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan 166 mln so‘m qarzdorlik bo‘yicha ijro hujjatlari qabul qilingach, davlat ijrochilari darhol ishni boshladilar. Natijada, Do‘stbekning barcha mol-mulklari — jumladan avtotransport vositalariga ham taqiq qo‘yildi. Ushbu vaziyat fermer uchun katta muammo yaratdi.

Taqiqdan xabardor bo‘lgan Do‘stbek, vaziyatni o‘zgartirish maqsadida avtotransport vositasini sotishni qaror qildi. Ammo notariusga borganda u taqiq haqida ma’lumot oldi. Ijro organlari tomonidan qo‘yilgan taqiq uning mol-mulkini sotish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan edi.

Bu vaziyat Do‘stbek uchun kutilmagan va murosasiz bir to‘siq bo‘ldi. U tezkor ravishda qarzdorliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi. Oxir-oqibatda, Do‘stbek jami 166 mln so‘m soliq va ikki yuridik shaxslarga bo‘lgan qarzdorligini to‘liq bartaraf etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat