23:56 / 27.03.2025
59

Ramazon oyida farzand onasi tarbiyasiga olib berildi

Ramazon oyida farzand onasi tarbiyasiga olib berildi
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan ikki nafar farzandi voyaga yetgunga qadar 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ishi ham mavjud bo‘lib, qarzdor ota doimiy ravishda aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan va odatda bahonalar qilib, MIB davlat ijrochilaridan qochib yurgan edi.

Byuro xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor otaning bo‘limga kelishi ta’minlangan, qarzdor otaning alimentdan yig‘ilgan qarzdorligi 9.561,1 ming so‘mni tashkil qilgan va qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

Sud jarayonida qarzdor ota 15 sutka ma’muriy qamoq jazosidan qo‘rqib aliment pullarini shu zahoti to‘lagan. Shundan so‘ng qarzdor ota aliment pullarini to‘lamaslik maqsadida sobiq turmush o‘rtog‘idan bir nafar farzandini olib qo‘yib 7 oy mobaynida onasi bag‘riga qaytarmasdan turli bahonalar bilan ko‘rishtirmagan va farzandiga onasi haqida salbiy fikr uyg‘otishga harakat qilgan, shundan so‘ng chorasiz qolgan ona qonuniy tarzda bolasini qaytarib olish maqsadida fuqarolik sudiga murojaat qilgan.....

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor X.F.dan undiruvchi X.M. foydasiga 20.10.2017 yilda tug‘ilgan bolani ona tarbiyasiga olib berish belgilangan.

Mazkur ijro ishi 27.02.2025 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, qarzdor otaga nisbatan 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan va huquqiy oqibatlari to‘liq tushuntirilgan. Olib borilgan huquqiy tushuntirishdan tegishli xulosa chiqarmagan ota bolani o‘z ixtiyori bilan sobiq turmush o‘rtog‘iga berishni xohlamadi.

Shundan so‘ng, olib borilgan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, voyaga yetmagan farzand ona tarbiyasiga olib berildi hamda mazkur ijro ishi tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat