
Qo‘qon shahrida 18 yillik turmushdan so‘ng eri-xotinning jiddiy sabablarsiz ajralishi va o‘ziga qadrli bo‘lgan xonadonidan, balki birgalikda ishlab topgan buyumlarni o‘rtada bo‘linishi va undirilishi haqida so‘z boradi.
Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgar B.B. tomonidan da’vogar S.B. foydasiga 12 turdagi mulklarni olish belgilangan bo‘lib, javobgarga bir necha marotaba ogoxlantirish berilgan bo‘lsada, sud qarorini ixtiyoriy bajarmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari davlat ijrochilari tomonidan olib borildi.
Natijada majburiy ijro harakatlari davomida da’vogarning mulklari davlat ijrochilari tomonidan olib berildi. Shuningdek, ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar