
Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. “Millar”da uy qasddan yoqib yuborilgani ma’lum qilindi.
7 aprel kuni soat 14:31 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Quruvchilar dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Boshqarma yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligini ta’kidlagan edi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, xonadondan 2 nafar yigit pichoqlangan holatda topilgan.
Voqea tafsiloti
Gumonlanuvchi yigit Sergeli tumanidagi tanishining uyiga mehmonga kelgan. Kutilmaganda ular o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yigit oshxonadagi pichoq bilan ikki nafar yigitga tan jarohati yetkazgan. Yigitlar shifoxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yigitlar jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan. Ulardan biri besh marotaba, yana biri esa 7 marotaba pichoqlangani aytilgan.
Gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan. Uyni jinoyat sodir etgach yoqib yuborgani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, gumonlanuvchi esa qo‘lga olinganini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!