
Foto: “Dunyo” AA
O‘zbekistonning Xitoydagi bosh konsulxonasi ko‘magida Buxoro viloyati hokimligi va mahalliy ishbilarmonlar delegatsiyasining Xitoyga rasmiy tashrifi tashkil etildi.
Safar doirasida Shenchjen shahridagi Atrof-muhit texnologiyalari markazida O‘zbekiston – Xitoy investitsiya, savdo va turizmga oid biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoyning 60 ga yaqin kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Delegatsiya Zunshan, Shenchjen va Guanchjou shaharlaridagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvlarda oqava suvlarni qayta ishlash, “aqlli” shahar infratuzilmasi, “yashil” energetika va elektrotexnika sohalarida hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar natijasida Buxoroda mehmonxona qurish, choy qadoqlash va yoritish jihozlari hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodlarini barpo etishga doir dastlabki kelishuvlarga erishildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar