date
views 1 233

Urganchdagi tungi klubda voyaga yetmagan qiz raqqosalik qilayotgani aniqlandi (video)

Urganchdagi tungi klubda voyaga yetmagan qiz raqqosalik qilayotgani aniqlandi (video)
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilgan holda qo‘lga tushdi — mas’ullarga chora ko‘rildi

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Urganch shahridagi tungi klublarda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 14 yoshli maktab o‘quvchisi raqqosalik qilgan holda aniqlanganini ma’lum qildi. Bu holat keng jamoatchilik va huquqni muhofaza qilish organlari e’tiborini tortishiga sabab bo‘ldi.

Nazoratsiz yosh va beparvolik oqibati

Ma’lum qilinishicha, viloyat IIB jinoyat tezkor qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan reydlar chog‘ida tungi klublarda jami 24 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ulardan 23 tasi litsenziyasiz raqqosalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, eng jiddiy holat voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq bo‘ldi.

7-sinf o‘quvchisining tungi klubda raqs qilishiga klub rahbariyati yo‘l qo‘ygani uchun MJtKning 188-moddasi, 2-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirildi. Mazkur modda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy faoliyatga jalb qilish bilan bog‘liq javobgarlikni nazarda tutadi.

Qiz himoyaga olindi

Tekshiruvlar natijasida voyaga yetmagan qiz qarovsiz, ijtimoiy xavfli muhitda qolgani aniqlandi. U Xorazm viloyati IIB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. U yerda u bilan psixologik, huquqiy va ijtimoiy ishlar olib borilishi belgilangan.

Ijtimoiy himoya va ogohlantirish

IIB ma’lumot berishicha, bu kabi holatlar yoshlar tarbiyasi, ota-ona nazorati va jamiyatning mas’uliyati bilan uzviy bog‘liq. Shu munosabat bilan tungi klub rahbarlari, ota-onalar va mas’ul tashkilotlar uchun keng qamrovli tushuntirish va profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchdagi tungi klubda voyaga yetmagan qiz raqqosalik qilayotgani aniqlandi (video)