date
views 200

Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Firibgarlar fuqarolarni pul mablag‘lariga qiziqtirish uchun «Telegram Ads» imkoniyatlaridan foydalanib, ommalashgan kanallarda «bir zumda kredit olish» mazmunidagi yolg‘on xabarlarni reklama qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd qilinishicha, reklama havolasida ko‘rsatilgan «Crediitum» nomli botga o‘tilganda foydalanuvchiga kredit ajratishga doir oddiy savollar berilib, «Aynura» ismli menejer bilan bog‘lanish tugmasi paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, bu menejer akkaunti firibgarlarga tegishli bo‘lib, ular bilan muloqot qilish orqali shaxsga doir va bank karta ma’lumotlarini hamda tasdiqlash kodlarini berish yoki zararli APK ilovalarni smartfonga o‘rnatish bank kartasidagi mablag‘lar o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi