
Samarqand shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Markaziy Osiyo mintaqasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash choralari muhokama qilindi.
Tadbir O‘zbekistonning raisligi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari formatida tashkil etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida Markaziy Osiyo mamlakatlari yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot asosida strategik sheriklik mintaqasiga aylanayotganini alohida ta’kidladi.
Xavfsizlik kengashlari kotiblari mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm va radikallashuv kabi tahdidlarga qarshi kurashish, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish, shuningdek, transport xavfsizligini ta’minlash va transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuviga raisligi doirasida mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport aloqalarini yaxshilash va mintaqaviy muammolarga barqaror yechim topishni maqsad qilgan tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Samarqand Samarqand O‘zbekiston Qozog‘iston Qirg‘iziston Tojikiston Xavfsizlik Markaziy Osiyo Terrorizm Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar