date
views 204

YPXdan qochib, o‘nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlandi (video)

YPXdan qochib, o‘nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlandi (video)
Toshkentda YPXdan qochib, o‘nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 19 aprel kuni tonggi soat 7:30 larda Chilonzor tumanidagi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektori YTH sodir etib, voqea joyidan yashirinishga uringan Lacetti'ga to‘xtash ishorasini bergan.

U to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, 2 ta Damas'ga texnik shikast yetkazgan holda qochishga uringan. O‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan yana bir nechta avtomashinaga shikast yetkazgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida mashina to‘xtatilib, haydovchi va yo‘lovchilar tekshirilganda noma’lum moddalar borligi aniqlangan. Haydovchi mashinani narkotik modda ta’sirida boshqargan. Ayol qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi.

Hozirda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi ushlangan. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPXdan qochib, o‘nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlandi (video)