
Toshkent shahrida YPX xodimidan qochishga uringan va o‘nga yaqin avtomobil bilan to‘qnashib ketgan Gentra avtomobilining haydovchisi haqida yangi ma’lumotlar ma’lum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 19 aprel kuni ertalab soat 07:30 da Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Yo‘l-patrul xizmati inspektori yo‘l-transport hodisasi sodir etib, voqea joyidan yashirinishga uringan Gentra avtomobiliga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi bu talabga bo‘ysunmay, yana bir nechta avtomashinani ham urgan holda hodisa joyidan qochishga harakat qilgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida avtomobil to‘xtatilgan va uni boshqargan ayol tekshirilganida, u haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi va narkotik modda ta’sirida bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, uning va uning yonidagi yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlaridan noma’lum moddalar ham topilgan.
Avtomobil egasi bo‘lgan shaxsning ma’lum qilishicha, transport vositasi uning otasi nomida bo‘lgan. Gumonlanuvchi ayol mashina haydashni so‘raganda, u unga rulni berishga rozi bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Ayni paytda jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar