
2025 yil 20 iyuldan boshlab O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun biologik faol qo‘shimchalarni (BAD) bojsiz olib kirish qoidalari joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, jismoniy shaxslar oziq-ovqat qo‘shimchalarini quyidagi miqdorda bojxona to‘lovlarisiz olib kirishi mumkin bo‘ladi (shu paytgacha hech qanday cheklovlar yo‘q edi):
- suyuq holatda va sirop shaklida — 10 donagacha flakonda;
- kukun holatida — 0,5 kilogrammgacha;
- tabletka — 100 donagacha;
- kapsula — 100 donagacha yoki 4 donagacha PЕT idishlarda;
- quritilgan holatda (o‘simlik guli, tana qismi va ildizi) — 0,5 kilogrammgacha.
Bundan tashqari, ba’zi tovarlarni bojsiz olib kirish qoidalari ham o‘zgartirildi.
Xususan, spirtli ichimliklar uchun miqdor bir xil — 2 litrgacha bo‘lib qoladi. Tamaki mahsulotlari uchun umumiy chegara 10 ta paket o‘rniga quyidagi aniq normalar joriy etiladi:
- sigaretalar — 200 donagacha;
- sigaralar — 5 donagacha;
- tamaki — 100 grammgacha.
Atir va ifor tarqatuvchi suvlar esa endi har biri 300 ml gacha bo‘lgan 3 dona idishni olib kirishga ruxsat beriladi (ilgari hajmini ko‘rsatmasdan 3 donagacha edi).
Bundan tashqari, 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali olib kirishni taqiqlash joriy etilmoqda.
Agar bojxona to‘lovisiz limit oshib ketganida notijorat maqsadida olib kirilgan tovarlarga quyidagi bojxona to‘lovlari tatbiq etiladi:
Notijorat importi uchun boj olinmaydigan limitlar oshib ketgan taqdirda:
- alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yagona bojxona to‘lovi ikki baravar miqdorda (60 foiz);
- atir va ifor tarqatuvchi suvlar uchun yagona bojxona to‘lovi bir baravar miqdorda (30 foiz). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar