
Fix Dessert Chocolatier brendi ostida bozorga chiqarilgan va «Dubay shokoladi» nomi bilan sotilayotgan mahsulot inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tekshiruvlari yakunida shunday xulosaga kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, inspeksiya xodimlari mazkur mahsulotdan nazorat xaridini amalga oshirib, namunalarni UzTest sinov laboratoriyasiga tekshiruv uchun yuborgan.
Laboratoriya tahlillari natijalarida quyidagi jiddiy kamchiliklar aniqlandi:
- Mahsulot tarkibida mezofil aerob va fakultativ anaerob bakteriyalar (MAFAM), shuningdek, achitqi zamburug‘lari miqdori belgilangan me’yorlardan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan;
- Mahsulotda Koli guruhidagi bakteriyalar (BGKP) hamda me’yoriy hujjatlarda qat’iyan ta’qiqlangan «Salmonella 25 g» bakteriyalari mavjudligi aniqlangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatkichlar inson salomatligi uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Ular, ayniqsa, allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, mahsulotning tashqi ko‘rinishi ham texnik reglament talablariga mos emasligi aniqlandi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentning ayrim talablari buzilganligi qayd etilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar