date
views 0

MIB Pastarg‘om elektr ta’minoti korxonasiga 510 million so‘m qarzni undirib berdi

MIB Pastarg‘om elektr ta’minoti korxonasiga 510 million so‘m qarzni undirib berdi
Pastdarg‘om tumanlararo iqtisodiy sudining 11.07.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Pastdarg‘om tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan undiruvchi “Hududiy Elektr ta’minoti” AJ foydasiga jami 510 million so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘limi ish yurituviga 17.07.2024 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.

Qarzdor bir necha bor ogohlantirgan, bank hisob raqamlariga inkasso yuborilgan, mol-mulkka taqiq qo‘yilgan.

Qarz to‘lanmagach, joriy yilning 22 aprel kuni olib borilgan ijro tadbirlari davomida qarzdorning mavjud mulklari xatlanish jarayonida Pastdarg‘om tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 510 million so‘m qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi. Xozirda, undiruvchi “Hududiy Elektr ta’minoti” AJning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan va ijro hujjati amalda tamomlangan.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Pastarg‘om elektr ta’minoti korxonasiga 510 million so‘m qarzni undirib berdi