date
views 230

Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi
Xorazm viloyatida maktab direktorining dars vaqtida sinf xonalarda biriga kirib, o‘quvchi qizni kaltaklagani aks etgan tasvirlar bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat 7 aprel kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Maktab direktori dars vaqtida 11-sinf xonasiga kirib, bir necha qizlarni sochini yig‘maganligi sababli ularning sochidan tortib, tanbeh beradi va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketadi.

Idora xabarida holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgani, shuningdek, unga pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi