
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Buxoroda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH kecha, 30 aprel kuni soat 10:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining Romitan tumani hududidan o‘tgan 256-kilometrida Chery mashinasi yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Chery haydovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan I.M. voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan, 1971 yilda tug‘ilgan Sh.P. (ayol) esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi tan jarohatlari olib, Romitan tumani tibbiyot bo‘limiga yotqizilgan.
Buxoroda YTHChery HaydovchisiInson O‘limiYuk MashinasiRomitan TumaniAvtomobil Yo‘li O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar