Qozog‘istonda olib borilgan genetik tadqiqotlar natijasida olimlar Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning nasabi mo‘g‘ul sarkardasi Chingizxonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashishini aniqlashdi. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.
OAV tarqatayotgan gipotezaga ko‘ra, ota tomonidan nasabi Chingizxonning o‘g‘illariga borib taqaladigan avlodlari soni 16 milliondan ziyod. 2003 yil mart oyida Amerikaning Inson genetikasi jurnalida (American J. Human Genetics, V.72, № 3) e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Osiyoda yashaydigan xalqlar, jumladan, manchjur, mug‘ul, evenk, xitoy (shimoliy mintaqasi), uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va Pokistonda yashaydigan xozoriylardan 16 millionida alohida uchraydigan Y-xromosomaning (faqat erkak jinsidan o‘tadigan) muayyan turi mavjud ekanligi aniqlangan. Xromosomaning paydo bo‘lish davri ham Chingizxon davriga (860 va 1000 yillar avval) to‘g‘ri kelmoqda.
Bundan kelib chiqib, Chingizxon Y-xromosomaning shu turiga ega bo‘lganligini taxmin qilish mumkin. Undan qolgan avlodlar o‘z davrida Evroosiyoning yirik davlatlarida hukmronlik qilishgan. Katta farzandining 40 nafar o‘g‘li bo‘lgani ma’lum. O‘z navbatida, Xitoyni boshqargan nabirasi Xubilayning 22 nafar qonuniy o‘g‘li bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari