
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi «Sobirjon Yusuf» oilaviy fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, uning rahbari, 73 yoshli Oyimjon Otajanova ko‘chatchilik bilan shug‘ullanayotganiga qirq yildan oshgan. Xo‘jalikning 3 gektar maydonida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtiriladi. Yana ikki gektarda bog‘dorchilik qilinadi. Bundan tashqari, 12 sotix issiqxonada 40 turdagi gul ko‘chatlari yetishtiriladi. Issiqxona zamonaviy suv tejamkor texnologiyalar bilan ta’minlangan bo‘lib, uning har bir bo‘limida ko‘chatlarning turi va hususiyatidan kelib chiqib zarur mikroiqlim yaratilgan. Yiliga 50 ming tupdan ortiq ko‘chatlar o‘stirib, sotiladi. Ularning yillik daromadi bir milliard so‘mdan ortadi. Bu yerda yetishtirilayotgan ko‘chatlar qo‘shni hududlar, Qozog‘iston va Turkmanistonga ham yetkazib berilmoqda.

Ta’kidlanishicha, fidoyi dehqon bu yil tumandagi barcha maktab va bog‘chalarga 2 ming dona qarag‘ay ko‘chatini beg‘araz tarqatib, «Yashil makon» loyihasiga hissa qo‘shdi.
Bandlik vazirligi va bank bilan hamkorlikda xo‘jalikning yondosh hududida o‘quv markazi ochilgan. Unda xo‘jalik tajribasi asosida xonadonlardagi samarasiz tomorqadan yil davomida daromad olishga o‘rgatilmoqda. Natijada mahallalarda omilkorlik kengayib, oilalarga qo‘shimcha daromad kirmoqda.

Ushbu xizmatlari, mehnatsevarligi va yosh avlodga namunaligini inobatga olib, prezidentimiz Oyimjon Otajanovani «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» unvoni bilan mukofotlashga qaror qildi.
Prezident Shavkat MirziyoyevXorazm viloyatiSobirjon YusufOilaviy fermerYashil makonKo‘chat yetishtirishO‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar