date
views 510

Taqiqlar hozirda bekor qilingan

Taqiqlar hozirda bekor qilingan
Joriy yilning 30 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosining Payariq tuman bo‘limi tomonidan "Fuqaro N.I. elektron onlayn-auksion orqali xarid qilgan bir nechta yer uchastkalari hozirgi kunga qadar uning nomiga rasmiylashtirib berilmayotgani to‘g‘risida" xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, Payariq tumani Hokimligidan jami 4 ta ijro hujjati bo‘yicha fuqarolar va MCHJ foydasiga 1 mlrd. 358 mln. so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Payariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ushbu ijro ishlari yuzasidan ijro harakatlarini ta’minlash maqsadida "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida" gi Qonunning 21-moddasiga asosan Hokimlik tasarrufidagi ko‘chmas mulklarga taqiq solingan.

Fuqaro N.Sa’dullayev joriy yilning 18 aprel kuni Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i nomiga yozgan murojaatiga asosan “e-auksion” orqali sotib olingan Hokimlik tasarrufidagi yer maydonlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilish yuzasidan murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Byuroning Payariq tuman bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilib, joriy yilning 19 aprel kuni qanoatlantirilgan va mulklarga qo‘yilgan taqiqlar bekor qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taqiqlar hozirda bekor qilingan