date
views 2 114

O‘zbekistondagi 2025 yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi 2025 yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekistondagi 2025 yilgi haj mavsumi 13 maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 mayga qadar har kuni O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.

Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:

- Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
- Emlash ishlari olib borildi;
- Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
- Safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;
- Hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir” qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, SIM-karta va quvvatlagich taqdim etilmoqda.

Ayni paytda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan haj amallari bo‘yicha suhbatlar olib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi 2025 yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi