
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Rossiya tomonining e’tiborini RFda O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qo‘pol muomala holatlari haqidagi ko‘payib borayotgan xabarlarga qaratdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
“Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyati olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buzish hisoblanishi, bu huquq va erkinliklar esa yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan, ko‘tarilgan masalani sinchkovlik bilan o‘rganish va O‘zbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegishli vakolatli organlariga yetkazish zarurligi alohida qayd etildi”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Tashqi IshlarRossiya ElchisiMehnat MuhojirlariHuquqlar BuzilishiUchrashuv O‘tkazishTIV Matbuot Xizmati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar